Nutq Terapiya logo Nutq Terapiya

Nutq Terapiya

by Sher Software

🗂️ Health & Fitness

🆓 free

4.9/5 ( 619+ reviews)
Android application Nutq Terapiya screenshort

Features Nutq Terapiya

Nutq terapiya - afaziyali (nutki yo‘qolgan) insonlar nutqini o‘zbek tilida multimediyali ko‘rgazmali mobil ilova yordamida reabilitatsiya qilish -tiklash uchun mo‘ljallangan.
Afaziya bu to‘liq yoki qisman yo‘qolgan nutq buzilishi bo‘lib, nutq funksiyasi uchun javobgar bosh miya bo‘limlarining zararlanishi tufayli kelib chiqadi.
Lug‘atiy maʼnoda afaziya so‘zi a – yo‘qotish, fazis – nutq maʼnosini bildiradi.
O‘tkazilgan insultdan so‘ng afaziyalar Rossiya ilmiy tekshirish instituti insult registrining ko‘rsatkichlariga ko‘ra 25% - 30% xollarda, O‘zbekiston 2019 yil milliy insult registrining ko‘rsatkichi bo‘yicha esa chap o‘rta miya arteriyalari zararlangan bemorlarda 80% gacha kuzatilgan.
Insult o‘tkazgan bemorlar reabilitatsiyasiga ko‘pgina mutaxassislardan iborat multidissiplinar komanda jalb qilinishi lozim (nevrolog, reanimatolog, logoped, kinezoterapevt, davolovchi jismoniy tarbiya instruktorlari va boshqalar).
O‘tkazilgan mashg‘ulotlar shuni ko‘rsatadiki, bemorlarda eng yaxshi nutq tiklanishi mashg‘ulotlarni erta boshlanganida kuzatilar ekan, buning sababi: bemorlarda o‘z shaxsiyatlariga nisbatan gapira olmaydigan inson kabi patologik munosabatni rivojlanib ulgurmasligi sabab bo‘ladi.
Qanchalik “nutq qoldiqlari” hajmini bashoratlash, o‘tkir insultdan so‘ng nutq buzilishi darajasini aniqlash oson emas.
Insult o‘tkazgan afaziyali bemorlar nutqini tiklash uchun biz Nutq terapiya- o‘zbek tilida multimediyali ko‘rgazmali mobil ilova taklif qilamiz.
Bu mobil ilova yordamida nutqi yo‘qolgan insonlar bilan respublikamizning barcha joylarida: • Shifokorlar-nevrologlar • Logopedlar • Bemor yaqin qarindoshlari • Dars beruvchi institut o‘qituvchilari • Talaba, klinik ordinator va magistrlar bemorlarda nutq reabilitatsiyasida -tiklashda foydalanishlari mumkin.
Nutq terapiya – multimediyali mobil ilova bilan nafaqat insultdan keyingi afaziyali bemorlar, balki qon -tomir demetsiyali, bosh miya jarohatlaridan keyingi, yallig‘lanish tufayli kelib chiqqan nutq buzilishlarida ham foydalanish mumkin.

Secure & Private

Your data is protected with industry-leading security protocols.

24/7 Support

Our dedicated support team is always ready to help you.

Personalization

Customize the app to match your preferences and workflow.

Screenshots

See the Nutq Terapiya in Action

Nutq Terapiya Screen 1
Nutq Terapiya Screen 2
Nutq Terapiya Screen 3
Nutq Terapiya Screen 4

Get the App Today

Download on Google Play

Available for Android 8.0 and above